Ronalduning «Yuventus»dagi maoshi soniyagacha hisoblab chiqildi
July 11, 2018, 6:16 p.m. 53994

Britaniyaning The Mirror tabloidi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning «Yuventus» bilan imzolagan shartnomasi tafsilotlarini oshkor qildi.

Unga ko'ra, 33 yoshli futbolchi yiliga 30 million evro maosh oladi. Bu soniyasiga 1 evro demakdir. 4 yil ichida Ronaldu 120 million evro ishlab oladi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu transferi uchun «Yuventus» umumiy hisobda 112 million evro to'ladi.

Portugaliyalik «Qirollik klubi» tarkibida 2009 yildan beri to'p tepib kelayotgan edi. U «Real» bilan 16ta sovrinni yutib oldi va 438ta o'yinda 451ta gol urdi.