Toshkent klubi Anzur Ismoilovni o'z safiga qo'shib olganini elon qildi
July 10, 2018, 12:38 p.m. 6516

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov Xitoyning «Chanchung Yatai» klubini tark etgach, erkin agent sifatida Toshkentning «Lokomotiv» klubi safiga kelib qo'shildi.

«Temiryo'lchilar» klubi rasmiy sahifasida ushbu futbolchi jamoa safiga qo'shib olingani rasman elon qilingan. Futbolchi bilan ikki yillik shartnoma tuzilgan.

Faoliyatini 2001 yili Samarqandning «Dinamo» klubida boshlagan futbolchi, keyingi yillarda «Traktor» (2002-2003), «Paxtakor» (2003-2010) va «Bunyodkor» (2010-2011) klublari safida to'p surgandi. 2011 yili «Qaldirg'ochlar» klubi safidan Xitoyga yo'l olgan Anzur Ismoilov «Chanchun Yatai» jamoasida asosiy futbolchiga aylanib, bu klub uchun 182 o'yin o'tkazdi va 12ta gol urdi.