"Barselona" 21 yoshli futbolchi transferini elon qildi
July 10, 2018, 4:19 a.m. 8509

"Barselona" o'zining rasmiy saytida "Gremio" yarim himoyachisi Artur Ramosning transferini elon qildi. Kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchi uchun 31 mln evro to'lashgan, shuningdek, turli xil natijalar sabab 9 mln evro bonus ham berilishi mumkin. 

Artur "Barselona" bilan 6 yillik shartnomani imzoladi. Shartnomada 400 mln evrolik tovon puli belgilagan. 

Futbolchi o'tgan mavsum "Gremio" safida 7ta o'yinda maydonga tushib, 1tadan gol va golli uzatma qayd etgan.