Braziliya termasi o'z vatanida iliq kutib olindi (video)
July 9, 2018, 9:28 a.m. 5669

Jahon chempionati chorak finalidan ortga qaytgan Braziliya terma jamoasini muxlislar iliq qarshi olishdi.

Goal.com xabariga ko'ra, aeroportga yig'ilgan ishqibozlar soni u qadar ham ko'pchilikni tashkil etmadi. Muxlislar bosh murabbiy Tite va jamoa azolarini olqishlar bilan kutib olishib, ulardan dastxat olishdi.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi chorak finalda Belgiyaga imkoniyatni boy berdi (1:2).