«Yuventus» Ronaldu transferiga ishora qildi
July 8, 2018, 3:17 p.m. 12500

«Yuventus»ning Weibo tarmog'idagi akkauntida jamoaning turli yillarda 7-raqam ostida to'p surgan futbolchilari yodga olindi.

Ushbu videoda turinliklarning sobiq futbolchilari Anjelo Di Livio, Janluka Pessotto, Hasan Salihamijich, Simone Pepe, Simone Dzadza, shuningdek, ayni vaqtda «Yuve»da 7-raqam egasi bo'lgan Xuan Kuadradonining nomlari keltirildi.

Bu orqali portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu turinliklar klubiga o'tgach 7-raqamli libosda to'p surishiga ishora qilingani taxmin qilinmoqda.

Biroz avvalroq «Real» Ronaldu «Yuventus»ga ketayotgani haqida 10 iyul kuni elon qilishi haqida xabar berilgandi.