Video: Dzyuba Xorvatiyaga qarshi o'yindan keyingi intervyu vaqtida yig'lab yubordi
July 8, 2018, 6:14 p.m. 10261

Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba JCh-2018 chorak finalida Xorvatiyaga qarshi kechgan va penaltilar seriyasidagi omadsizlik tufayli mag'lubiyat bilan yakunlangan o'yindan keyin intervyu berdi. U o'z so'zida barcha jamoadoshlari bilan faxrlanishini bildirib, terma jamoani qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

Futbolchi qisqa intervyuni yakunlay olmadi va yig'lab yubordi.

Artyom Dzyuba Xorvatiyaga qarshi o'yinning asosiy vaqtida almashtirilgandi va penaltilar seriyasida ishtirok etmadi. U turnirda o'ziga xos natija ko'rsatdi - 5 o'yinda 41 marta to'p uchun yakkakurashda g'olib chiqib, rekord o'rnatdi.