Vida Rossiyaga qarshi o'yindan keyin Ukrainaga shon-sharaf tiladi. FIFA unga chora ko'rmadi
July 8, 2018, 8:17 p.m. 8599

Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Domagoy Vida JCh-2018 turniri chorak finalida Rossiyaga qarshi g'alabali o'yindan keyin muxlislarga video murojaatida Ukrainaga shon-sharaf tiladi.

U va «Dinamo»dagi sobiq jamoadoshi Ognen Vukoevich tayyorlagan videoda «Slava Ukraine» shiori yangraydi, bu futbolchilar g'alabani Kievning «Dinamo» klubiga bag'ishlashgan.

Avvaliga futbolchiga ikki o'yinlik diskvalifikaTsiya va jarima tahdidi haqida yozishgandi.

Ammo futbolchi diskvalifikaTsiyadan qutulib qoldi.

Xorvatiya 1/4 finalda Rossiyani penaltilar seriyasida engib turnir yarim finaliga yo'l oldi.