OAV «Real» Ronaldu o'rniga kimni olishidan xabar topdi
July 8, 2018, 8:39 p.m. 31508

«Real» «Chelsi»dan Eden Azarni sotib olishni rejalashtirmoqda. AS nashri xabariga ko'ra, Madrid klubi rahbariyati uni yaqin vaqt ichida «Yuventus»ga ketishi kutilayotgan Krishtianu Ronalduga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

27 yoshli belgiyalik futbolchi «Real» prezidentining transfer ro'yxatida avvaliga uchinchi raqamda edi. Lekin «PSJ»dan Kilian Mbappe va Neymardan birini olishning imkoni bo'lmadi - parijliklar o'z futbolchilarini qo'yib yubormadi.

Yakunlangan mavsumda Azar «Chelsi» safida 51 uchrashuvda maydonga tushgan va 17 gol urgan. Hozirda belgiyalik futbolchi terma jamoasi bilan jahon chempionatida yarim finalga chiqqan. U termaning 5 o'yinida ishtirok etib, ikki gol urdi va ikki golga uzatma berdi.