Xorvatiyaga qarshi o'yindan so'ng Putin Cherchesovga qo'ng'iroq qilgan
July 8, 2018, 3:50 a.m. 63748

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov jahon chempionati 1/4 finalida Xorvatiyadan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qo'ng'iroq qilgani haqida malum qildi. 

"Putin kunduz kuni qo'ng'iroq qilgandi, bir necha daqiqa gaplashdik. Hozir faqatgina yaxshi o'yin va o'zimizni qanday namoyish qilganimiz bilan tabrikladi. Hammamiz qayg'uda ekanimiz tushunarli holat. U boshimizni baland ko'tarishimiz va keyingi qadamlarni tashlashimizni tiladi," – dedi Cherchesov. 

Rossiya terma jamoasi 1/4 finalida Xorvatiyadan penaltilar seriyasidagi natijaga ko'ra mag'lub bo'ldi (2:2, penaltilar seriyasida 3:4).