Ronaldu «Real»ga kelajagi bo'yicha yakuniy qarorini malum qildi
July 6, 2018, 11:16 a.m. 27445

Hujumchi Krishtianu Ronaldu kelajagi bo'yicha yakuniy qarorini «Real»ga malum qildi.

Record xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh Madrid klubi rahbariyatiga mijozining «Santyago Bernabeu»ni tark etish haqidagi qarori qatiy ekanini aytgan. 

Bunda portugaliyalik o'z rejalarini o'zgartirmoqchi emas.

Avvalroq, Ronalduning «Yuventus»ga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.