«Milan» yangi mavsum liboslarini taqdim qildi
July 6, 2018, 5:39 p.m. 2029

«Milan» 2018/19 mavsumi uchun mo'ljallangan liboslar to'plamini taqdim qildi.

Bu yildan boshlab, «rossoneri» Puma kompaniyasi bilan hamkorlik o'rnatishdi. Shu paytgacha, 20 yil davomida jamoani Adidas kiyintirib kelayotgandi.

«Milan» Puma kompaniyasidan yiliga 10-15 mln evro oladi. Taqqoslaydigan bo'lsak, Adidas «Manchester Yunayted»ga har yili 85 mln evro ajratadi.