Qozon shahridagi Ronaldu va Messi graffitisiga Neymarniki ham qo'shildi
July 5, 2018, 5:13 p.m. 3796

Rossiyaning Qozon shahrida Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarga atalgan graffiti paydo bo'ldi.

Tasvir Belgiyaga qarshi chorakfinal bahsidan oldin, Braziliya terma jamoasi istiqomat qiladigan «Miraj» mehmonxonasi ro'parasidagi binoga chizildi.

Avvalroq, Qozonda portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va argentinalik Lionel Messining graffitisi paydo bo'lgan edi. Ularning tasviri futbolchilar istiqomat qilgan «Ramada» mehmonxonasi ro'parasidagi binolarga chizilgan.