Jahon chempionatida ettinchi kun. Bugun yana 3ta o'yin
June 20, 2018, 11:26 a.m. 3955

Bugun, 20 iyun, chorshanba kuni 2018 yilgi jahon chempionatida yana 3 o'yin o'tkaziladi.

Dastlab B guruhida Portugaliya va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo'lib o'tadi, o'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00ga belgilangan.

Portugaliya – Marokash
20 iyun. Moskva. «Lujniki» stadioni. 17.00 (Match TV).
Hakamlar: GEYGER (AQSh). Fletcher (Kanada), Anderson (AQSh).

Bugun shuningdek A guruhi vakillari Urugvay va Saudiya Arabistoni o'zaro o'ynaydi. Rostov-na-Donudagi «Rostov Arena»dagi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Urugvay – Saudiya Arabistoni
20 iyun. Rostov-na-Donu. «Rostov Arena» stadioni. 18.00 (Match TV).
Hakamlar: TYuRPEN. Dano, Gringor (barchasi – FranTsiya).

Kunning uchinchi uchrashuvi birinchi turda Marokashni engib, guruh peshqadami bo'lib olgan Eron va Portugaliyaga qarshi jangovar durang qayd etgan Ispaniya o'rtasida kechadi. Bu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Qozondagi stadionda boshlanadi.

Eron – Ispaniya
20 iyun. Qozon. «Qozon Arena. 23.00 (Pervyy kanal).
Hakamlar: KUNYa. Taran, Espinosa (barchasi – Urugvay).

Barcha uchrashuvlar Futbol-TV telekanali tomonidan jonli efirda namoyish etiladi.