Fabianski jamoasini almashtirdi
June 20, 2018, 3:01 p.m. 2190

Polshalik darvozabon Lukash Fabianski «Suonsi»dan «Vest Hem»ga o'tdi. Bu haqida VVS xabar tarqatdi. 

33 yoshli darvozabon «Suonsi» APLni tark etgach, jamoani tark etish niyatida ekanini malum qilgandi. Jo Hartning o'rniga darvozabon izlayotgan «Vest Hem» Fabianski uchun 7 million funtdan voz kechishdi. 

Lukash Fabianski 2014 yilgacha «Arsenal» sharafini himoya qilgan, keyin esa, erkin agent sifatida Uels klubidan joy olgandi. Darvozabon va «Suonsi» o'rtasida o'tgan yilning iyulida 2019 yilgacha yangi shartnoma imzolangan, ammo uelsliklarning Angliya Premer Ligasini tark etishlari rejalarni o'zgartirib yubordi. 

Lukash Fabianski hozirda terma jamoasi bilan birgalikda Rossiyadagi jahon chempionatida qatnashmoqda. 

Etirof etish joizki, bu «Vest Hem»ning shu yozdagi ikkinchi xarididir. Kuni kecha «bolg'achilar»ning «Tuluza» himoyachisi Issa Diopni 22 million funtga sotib olishgani haqida xabar berilgandi.