«Chelsi» Golovin uchun «Yuventus» bilan raqobat qiladi
June 20, 2018, 4:14 p.m. 2303

TsSKA jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Evropa klublaridan birida faoliyatini davom ettirishi oydinlashmoqda.

Football Italia nashri La Gazzetta dello Sport manbasiga asoslanib xabar qilishicha, «Yuventus» ortidan Londonning «Chelsi» klubi ham Golovinga jiddiy etibor qaratgan va ushbu xavbek transferi uchun katta mablag' sarflashga tayyor.

Bundan oldinroq, Golovin uchun asosiy davogar «Yuventus» TsSKA klubiga futbolchi uchun 17 million evro bermoqchi ekani, ammo «armiyachilar» birinchi taklifni rad etgani va 25 million evro so'rayotgani haqida xabarlar berilgandi. Turinliklar tez orada ushbu 22 yoshli futbolchi uchun navbatdagi taklifni jo'natishi kutilmoqda.

Golovin italyan klubiga o'tsa, yiliga 2 million evro miqdorida maosh olishi mumkin.