Jahon chempionatida ilk jiddiy mojaro
June 18, 2018, 1:57 p.m. 32187

Zlatko Dalich boshchiligidagi Xorvatiya terma jamoasi murabbiylar shtabi hujumchi Nikola Kalinichni tarkibdan chetlatgan va vatanga qaytarib yuborgan. Bu haqda 24sata xabar tarqatdi.

Manba malumotiga ko'ra, ushbu 30 yoshli futbolchi guruh bosqichi doirasida Nigeriyaga qarshi kechgan (2:0) birinchi o'yin vaqtida zaxiradan maydonga tushishni istamagandi.

Manbaning qayd etishicha, Dalich Nigeriyaga qarshi o'yin yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida Kalinichdan Mario Manjukich o'rniga maydonga tushishni so'ragan, ammo forvard beli og'riyotganini aytib, o'yinga qo'shilishdan bosh tortgan. Natijada Manjukichni Marko PyaTsa almashtirgan.

JCh-2018 turniri 15 iyulga qadar davom etadi. D guruhidan o'rin olgan Xorvatiya keyingi turlarda Argentina (21 iyun, Nijniy Novgorod) va Islandiya (26 iyun, Rostov) terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

Nikola Kalinich “Milan” azosi hisoblanadi. 30 yoshli hujumchi 2008 yildan buyon terma jamoaga jalb etilib kelinmoqda va 35 o'yinda maydonga tushib, 14 gol muallifi bo'lgan.