Ronalduning g'alati ishorasi Messiga atalgan bo'lishi mumkin
June 16, 2018, 12:11 p.m. 27338

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaga (3:3) qarshi o'yinda het-trikka erishdi. 

Uchinchi golni futbolchi g'alati uslubda nishonladi. U iyagini oldinga chiqarib, barmoqlarini unga qo'yib, soqolni tasvirladi. Bazilar buni raqib darvozaboni David De Xeaga qaratilgan deb hisobladilar.

Biroq, ko'pchilik muxlislar fikriga ko'ra, Ronaldu bu ishorasi bilan Messini mazax qilgan bo'lishi mumkin. Chunki, argentinalik futbolchi hech qachon jahon chempionatlarida het-trik qayd etmagan.