Rossiyalik muxlislarning sovg'asi Kazemironi yig'latdi
June 14, 2018, 4:41 p.m. 22102

Rossiyalik muxlislar Braziliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Kazemiroga yogurt sovg'a qilishdi.

Futbolchi sut mahsulotini qabul qilib olarkan, ko'zlari yoshlanib ketdi.  

«Bolaligimda ko'chada yogurt sotadigan ayol bo'lardi, uning narxi 20 Tsent edi. Ammo bizda uni sotib olish imkoniyati yo'q edi. Endi Braziliyadagi uyimda faqat yogurt sotib olaman. Bazan 50tani. Hozirgi ygourtlar mazali emas, ammo, yogurt bolaligimdagi qashshoq hayotimizni eslatib yuboradi» - dedi futbolchi.