Nigeriyalik fanatlar stadionlarga tirik tovuqlarni olib kirishmoqchi
June 14, 2018, 10:32 a.m. 3097

Nigeriyalik muxlislar Kaliningrad viloyati mamuriyatidan o'z terma jamoasi o'yinlariga tirik tovuqlarni olib kirishga ruxsat so'raganlar.

«JCh-2018 axborot markaziga ko'plab masalada murojaatlar kelib tushyapti. Masalan, nigeriyalik muxlislar stadionga tirik tovuq bilan kirishga ruxsat so'radilar. Bu ularning timsoli ekan, har bir o'yinda tovuqlarni olib kirib, muxlislik qilisharkan. Biz ularga buning iloji yo'qligini aytdik» - deb hududning madaniyat va turizm bo'yicha vaziri Andrey Yermak so'zlarini keltirmoqda «Interfaks».

Eslatib o'tamiz, Kaliningrad shahrida jahon chempionatining 4ta o'yini o'tkaziladi: Nigeriya - Xorvatiya (16 iyun), Serbiya - ShveyTsariya (22 iyun), Ispaniya - Marokash (25 iyun) va Angliya - Belgiya (28 iyun).