Marsial «Manchester Yunayted»ni tark etmoqchi
June 14, 2018, 11:04 a.m. 4016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsial yozda jamoani tark etishga qaror qildi.

Bu haqda futbol agenti Filipp Lamboli xabar bermoqda. 

Eslatib o'tamiz, Aleksis Sanches kelganidan so'ng, Marsial «Manchester Yunayted»ning asosiy tarkibidgai o'rnini yo'qotgan edi.

«Hamma imkoniyatlarni yaxshilab chamalab ko'rganidan so'ng, Antoni «Manchester Yunayted»ni tark etishga qaror qildi», - deb agent so'zlarini keltirmoqda RMC Sport.

Avvalroq, Marsial «Arsenal», «Tottenhem» va «Yuventus» klublari taklifini o'rganib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.