«Kuniga 5 evro sarflab, velosipedda keldim» - argentinalik muxlisning jahon chempionati sari g'aroyib sayohati
June 14, 2018, 11:46 a.m. 3821

Islandiyalik Moskva sari «Niva»da yo'lga chiqdi, nemis traktorda, portugaliyaliklar bezatilgan vagonda, argentinalik muxlis Santyago Reale esa yanada qiziqarli uslubni tanladi: u Rossiyaga velosipedda etib bordi.

«Albiseleste»ning ashaddiy fanati uch oy oldin yo'lga chiqqan edi. U Buenos-Ayresdan Barselonaga samolyotda uchib keldi. 10 kun dam olgach, sayohatga otlandi. Velosipedda FranTsiya, ShveyTsariya, Germaniya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Latviya, Litva, Estoniya va Finlyandiya hududidan o'tib, 
Sankt-Peterburgga etib bordi. U erdan Moskvaga poezdda ketdi.

Santyago har kuni 90-120 km masofani bosib o'tdi. Agar juda issiq yoki yomg'irli kun bo'lsa, masofa qisqarardi. Sayohatchi yo'lda hech qanday muammoga uchramadi. Faqat Alp tog'larida biroz qiynalishga, ko'proq mehnat qilishga to'g'ri keldi. 

Santyago barcha zarur narsalarni o'zi bilan olib yurdi. Uning oldingi g'ildiragidagi sumkasida narsalari, fotoapaarati, orqa g'ildiragidagi sumkada oshxona jihozlari va palatkasi bor. Hatto kichik choynagi ham mavjud.

Sayohatchi kuniga o'rtacha 5 evro sarfladi. U faqat ikki marta mehmonxonada yotgan, boshqa kunlari o'rmonda, palatkada yashagan. Bazan, yo'lda uchragan odamlar unga boshpana berishgan, mehmon qilishgan.

Dastlabki ikki oyda Santyago yolg'iz sayohat qildi. Ammo, Pragada o'ziga o'xshash «beaql»ni uchratib qoldi. Safar yo'nalishi bir xil ekani malum bo'lgach, sayohatni birga davom ettirishdi.

Rossiyada unga rus oilasi boshpana berib, mehmon qilmoqda. Jahon chempionati paytida Santyago ularning uyida yashaydi. 

– Menda faqat bitta chipta bor – Nigeriyaga qarshi o'yinniki. Boshqasini topolmadim, — deydi Santyago g'amginlik bilan.

– Ammo, hechqisi yo'q, bu baribir juda quvnoq sayohat bo'ldi, uni hech qachon unutmayman!