Ispaniya jahon chempionatidan so'ng, bosh murabbiyni almashtirishi mumkin
June 14, 2018, 12:59 p.m. 4761

Ispaniya qirolligi futbol federaTsiyasi «Nyukasl» bosh murabbiyi Rafael Benites nomzodini o'rganib chiqmoqda.

Avvalroq, terma jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi istefoga chiqarilib, o'rniga Fernando Yerro vaqtincha tayinlangan edi. U jahon chempionati paytida «qizil furiya»ni boshqarib turadi.

Ayni paytda Ispaniya futboli rahbariyati Benitesni taklif qilish haqida o'ylamoqda. Uning «Nyukasl»dagi yutuqlari Ispaniyaga qaytishiga sabab bo'lishi mumkin.