De Xea «Real»ga o'tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
June 14, 2018, 10:13 a.m. 9231

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea «Real» klubiga o'tish imkoniyatlarini baholadi.

«Real» prezidenti Florentino Peresda mening telefon raqamim bo'lmasa kerak. «Real» darvozaboni bo'lamanmi yoki yo'qmi, bilmayman. Ammo, bir narsa aniq: Manchesterda meni hamma narsa qoniqtiradi.

Har qanday futbolchi kabi, sovrinlarni qo'lga kiritishni istayman. Ularni «Manchester Yunayted»da ham yutib olish mumkin, ammo biz yanada yaxshiroq o'ynashimiz shart. Biz katta klubmiz, 2-o'rin biz uchun muvaffaqiyat emas. Biz klubni buyuk qilishimiz kerak», – dedi De Xea.