"Chempionlar Ligasini yutishni istayman". APLning yana bir yulduzi "Real"ga o'tishi mumkin
June 14, 2018, 4:25 a.m. 18564

"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane o'zining amaldagi jamoasida baxtli ekanini aytdi, biroq kelajakda boshqa jamoaga o'tishi mumkinligi rad etmadi.

Iyun boshida Manening "Real Madrid"ga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

"Men "Liverpul"da juda baxtliman. Mening shartnomam yana 3 yilga mo'ljallangan. Biroq men kelajakda nima bo'lishini ayta olmayman. Men sovrinlar yutishni istayman, ayniqsa Chempionlar Ligasini", – degan Mane. 

Yakunlangan mavsumda Mane "Liverpul" tarkibida APL doirasida 29ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urib, 8ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.