«Chelsi» Sarrini ko'ndirdi
June 14, 2018, 11:57 a.m. 3916

Italiyalik mutaxassis MauriTsio Sarri yaqin orada «Chelsi» bosh murabbiyi qilib tayinlanadi. 

Londonliklar xo'jayini Roman Abramovich jamoa ustozi Antonio Konte xizmatidan voz kechishga qaror qilgan va Sarri nomzodini maqullagan. Shundan so'ng, «ko'klar» mutaxassis bilan muzokara o'tkazib, uning roziligini olishgan.

Avvalroq, ingliz matbuotida «Chelsi» Sarri bilan shartnoma imzolash uchun «Napoli»ga 8 million evro tovon puli to'lamoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bundan tashqari, Sky Sports nashri Sarrining mojaroli hulqi tufayli, «Chelsi» uni taklif qilmasligi haqida yozgan edi.