Blatter faoliyatidagi eng katta xatoni aytdi
June 14, 2018, 1:52 p.m. 9089

FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter faoliyatidagi eng katta xato nima bo'lganini aytib berdi.

«Ha, men xatolarga yo'l qo'yganman. Ularning eng kattasi - har doim men tarafda bo'lmagan insonlarga ishonch bildirishim. 

FIFA tashkilotiga 1975 yilda kelganman. U paytlari tashkilot 11 xodimdan iborat va juda kichik edi. Men u bilan birga o'sdim va rivojlandim. 1998 yili meni rahbar qilib sayladilar. Bu lavozimni olgach, atrofimdagi odamlarga to'liq ishonch bildirdim. Oxir-oqibatda esa menga xiyonat qilishdi. Bunga chidashga majbur edim, chunki, boshqaruv azolarini o'zgartirishning iloji yo'q edi» - deb Blatter so'zlarini keltirmoqda RT.

Blatter 1998 - 2015 yillarda FIFA prezidenti bo'lib ishlagan. 3 yil oldin u korrupTsiya mojarosi tufayli, lavozimini tark etgan.