Argentinalik mahbuslar jahon chempionati tufayli ochlik elon qilishdi
June 14, 2018, 12:08 p.m. 9465

Argentinaning Puerto-Madrin shahridagi qamoqxona mahbuslari JCh-2018 o'yinlarini tomosha qilishga ruxsat olish uchun, ochlik elon qilishdi, deb xabar beradi Publimetro. 

Ular uch kundan buyon uzilib yotgan TV kabelini tuzatishni talab qilishmoqda. 

«Muammo hal bo'lmagunga qadar, ovqat eyish va suv ichishdan kechayu-kunduz voz kechamiz» - deyiladi mahbuslar bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida Islandiya (16 iyun), Xorvatiya (21 iyun) va Nigeriya (26 iyun) bilan bellashadi.