Jahon chempionatining barcha ishtirokchisi Rossiyaga tashrif buyurdi
June 13, 2018, 10:29 p.m. 3379

Jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalarning barchasi Rossiyaga tashrif buyurishdi, deb xabar beradi TASS.

Eng oxirgi bo'lib Yaponiya terma jamoasi etib bordi, u Qozon shahrida istiqomat qiladi.

Moskva shahri va viloyatida 10ta jamoa istiqomat qiladi: Rossiya, Portugaliya, Eron, FranTsiya, Peru, Argentina, Germaniya, Meksika, Belgiya va Tunis.

5ta jamoa Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida yashaydi: Saudiya Arabistoni, Xorvatiya, Kosta-Rika, Janubiy Koreya va Angliya.

3ta jamoa Tataristonda istiqomat qiladi: Avstraliya, Kolumbiya va Yaponiya.

Urugvay terma jamoasi - Nijniy Novgorod, Misr – Grozniy, Marokash –  Voronej, ShveyTsariya –  Tolyatti, Serbiya – Svetlogorsk, Panama – Saransk, Senegal – Kaluga shahrini tanlagan.

7ta jamoa Rossiyaning janubiy viloyatlarini tanlagan: Ispaniya – Krasnodar, Daniya – Anapa, Islandiya va ShveTsiya – Gelenjik, Braziliya va Polsha – Sochi, Nigeriya – Essentuki.

Eslatib o'tamiz, JCh-2018 14 iyun kuni Rossiya - Saudiya Arabistoni o'yini bilan boshlanadi.