Ronaldu Saloh bilan «Oltin to'p» uchun kurashmoqchi
June 13, 2018, 11:51 p.m. 12916

Portugaliya terma jamoasi va «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu fikriga ko'ra, «Liverpul»ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh «Oltin to'p» sohibi bo'lishi mumkin.

«Saloh mavsumning kashfiyotlaridan biri bo'ldi. Umid qilamanki, Kievda o'tkazilgan Chempionlar Ligasi finalidagi jarohati uning jahon chempionatini o'tkazib yuborishiga sabab bo'lmaydi.  

Ko'pchilik «Oltin to'p» uchun Messi bilan kurash olib borishimni aytmoqda, ammo, undan boshqa nomzodlar ham bor. Saloh esa shubhasiz ulardan biridir» - deb Ronaldu so'zlarini keltirmoqda Goal.