Ronaldu «Real»ga qo'ygan talabini pasaytirdi
June 13, 2018, 9:54 p.m. 16068

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi shartnoma bo'yicha qo'ygan talabini pasaytirishga tayyor, deb xabar beradi Tribalfootball.

Avvalroq, portugaliyalik futbolchi klubdan 50-75 million evro maosh talab qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi esa u rahbariyat bilan kelishib olishga tayyor.

«Krishtianu «Real»da qolishi kerak. Bu pul bilan hal bo'ladigan narsa. Uning yaqinlari yiliga 30 million evro plyus bonuslar haqida gapirishmoqda. Shundagina bu ish hal bo'ladi.

U ichmaydi, chekmaydi, giyohvand emas. Uni uzoq sportchilik faoliyati kutmoqda. U bilan shartnoma imzolashni istamayotganliklari kishini achchig'ini chiqaradi» - dedi Ok Diario nashri jurnalisti Eduardo Inda.