Lyov Lopetegi istefosidan lol qoldi
June 13, 2018, 10:23 p.m. 9724

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov ispaniyalik hamkasbi Xulen Lopetegining istefosiga izoh berdi.

«Lopetegining istefosi men uchun kutilmagan hol bo'ldi. Buning sabablarini bilmayman, ammo, jahon chempionati boshlanishiga bir kun qolganida bunday holatning yuz berishi - jiddiy muammo. Chunki bu Ispaniya terma jamoasidagi ichki muhitning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. 

Biroq, Ispaniya ko'p yillardan buyon mavjud bo'lgan falsafaga tayanib o'ynamoqda, bu holat istefoning salbiy tasirlarini pasaytirishi va terma jamoaning jahon chempionati o'yinlariga tayyorgarlik jarayoniga halal bermasligi mumkin.

Yangi bosh murabbiy Yerro haqida gapiradigan bo'lsam, menimcha, u vazifani uddalaydi. U «Real»da yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan, Sami Xedira va Mesut O'zilga ustozlik qilgan. Shu tufayli, yana bir bor takidlayman, murabbiyning almashuvi jamoaning saviyasiga salbiy tasir qilmaydi», – deb Lyov so'zlarini keltirmoqda TASS.