Ispaniya termasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
June 13, 2018, 5:27 p.m. 13286

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Fernando Yerro Ispaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida elon qilindi.

Ushbu mutaxassis 13 iyun kuni, jahon chempionati startiga bir kun qolganida istefoga chiqarilgan Xulen Lopetegi o'rnini egallaydi. Lopetegining istefosiga u chempionatdan keyin «Real»ga bosh murabbiy bo'lishi bo'yicha kelishuv elon qilingani sabab bo'ldi. Yerro Krasnodarda bugun kechqurun rasman yangi bosh murabbiy sifatida tanishtiriladi va shundan keyin jamoa bilan mashg'ulot o'tkazadi.

Yerro «qizil furiya» boshqaruvida 15 iyun kuni Portugaliyaga qarshi birinchi tur uchrashuvida debyut qiladi. Yerro 2014–2015 yillarda «Real»ni boshqargan, 2016–2017 yillarda «Ovedo» bilan ishlagan.

Qayd etish kerakki, Lopetegi atigi 3 hafta muqaddam Ispaniya terma jamoasi bilan 2020 yilga qadar amalda bo'luvchi yangi shartnoma imzolagandi. Kutilmaganda «Real» bilan kelishuv tuzilgani Ispaniya futbol federaTsiyasini g'azablantirgan.