Infantino yana FIFA prezidenti bo'lmoqchi
June 13, 2018, 10:17 p.m. 3387

FIFA prezidenti Janni Infantino 2019 yilda o'tkaziladigan tashkilot rahbari saylovida o'z nomzodini qo'yadi. Bu haqda u FIFA kongressida elon qildi.

«Ikki yil oldin meni saylagan FIFA azolariga xabar qilmoqchiman. 2019 yil 5 iyul kuni Parijda o'tkaziladigan saylovda o'z nomzodimni qo'yaman», – deb Infantino so'zlarini keltirmoqda «Chempionat.ru».

48 yoshli shveyTsariyalik 2016 yil fevral oyida FIFA prezidenti saylovida g'alaba qozongan edi. U korrupTsiya mojarosi tufayli istefoga chiqqan vatandoshi Zepp Blatter o'rnini egalladi.