Koutinoni tug'ilgan kuni bilan «shafqatsizlarcha» tabriklashdi
June 12, 2018, 8:50 p.m. 10855

Braziliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Felipe Koutino 12 iyun kuni 26 yoshga to'ldi.

«Barselona»ning yulduz futbolchisi terma jamoa mashg'ulotida «berahmlarcha» tabrik oldi. Unga jamoadoshlari tomonidan tovuq tuxumlari otildi va ustidan un sepildi. Quvnoq braziliyaliklar shu tarzda Koutino tug'ilgan kunini nishonlashdi.