Messi: «Barselona»ga EChL chempionligi uchun Grizmanndek futbolchi kerak
June 10, 2018, 6:02 p.m. 11365

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi klubning transfer siyosati haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

– «Barselona»ga bu yozda qanday yangi futbolchilar kerak?

– Men kim bilan shartnoma imzolashni belgilaydigan odam emasman. Bu ish bilan shug'ullanuvchi odamlar bor. O'tgan mavsum yaxshi o'tdi. Biz faqat 3 o'yinda mag'lub bo'ldik.

– Grizmann klubga kerakmi?

– Uning transferi klubning asosiy maqsadimi, yoki yo'qmi, bilmayman. Bilganim, biz Chempionlar ligasida g'olib bo'lishimiz uchun dunyoning eng yaxshi futbolchilarini olishimiz kerak. Grizmann esa shunday futbolchi.

Agar klub uni transfer qilsa, bu juda ajoyib bo'lardi. Ammo men rejalar haqida aniq bilmayman. Buni tegishli odamlar, masalan murabbiy Ernesto Valverde hal qiladi.

Men aytishim mumkinki, Chempionlar ligasida g'olib bo'lish uchun kuchli futbolchilarga ega bo'lishimiz kerak», –degan futbolchi.