Ikki jarohat. Jiru AQSh himoyachisi bilan to'qnashib ketdi
June 10, 2018, 4:16 a.m. 12252

FranTsiya terma jamoasi hamda "Chelsi" hujumchisi Olive Jiru AQShga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinida (1:1) boshidan jarohat oldi. 

57-daqiqada Jiru va AQSh himoyachisi Mettyu Miazga yuqoridagi kurash vaqtida boshi bilan to'qnashib ketdi. Ikki futbolchining ham boshi yorilgan. Jiru jarohatdan so'ng darhol o'yinni tark etdi, Miazga esa bir necha daqiqa o'ynagach, keyin zaxiraga olindi. 

Jahon chempionatining guruh bosqichida FranTsiya terma jamoasi Avstraliya, Peru hamda Daniyaga qarshi bahs olib boradi.