Pike Ispaniya qiroliga arz qildi
June 9, 2018, 1:31 p.m. 16164

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Jerar Pike Ispaniya qiroli Filipp VI bilan bo'lgan suhbatda, Barselonadagi uyini o'g'ri urib ketganidan shikoyat qildi.

Jinoyat sodir bo'lgan paytda, futbolchi Germaniyaning Kyoln shahrida, turmush o'rtog'i Shakiraning konTsertida edi.

Uning gapiga ko'ra, poliTsiya hozircha jinoyatchilarni ushlamagan, chunki, ular barmoq izlarini qoldirishmagan. Uning uyidan qimmatbaho soatlar, zargarlik buyumlari o'marib ketilgan. O'g'rilar chaqmoq chaqib, momoqaldiroq gumburlayotgan paytdan foydalanib, uning uyiga kirib olishgan.