80 foizlik chegirma. "Real" Ronalduning narxini elon qildi
June 9, 2018, 3:54 p.m. 40466

"Real Madrid" jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotishga tayyor. Bu haqda El Mundo malum qildi. 

Nashrning yozishicha, 33 yoshli futbolchining shartnomasida 1 mlrd evro tovon puli belgilangan. Shunday bo'lishiga qaramay, klub rahbariyati futbolchini 200 mln evrodan kam bo'lmagan pul evaziga qo'yib yubormoqchi. 

OAVda futbolchiga "PSJ", "Manchester Yunayted", "Bavariya" hamda "Yuventus" kabi klublar qiziqayotgani haqida malumotlar paydo bo'lganiga qaramay, hech qaysi klub Ronaldu borasida madridliklarga jiddiy taklif bilan chiqmagan. 

Ronalduning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar belgilangan. Yakunlangan mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 44ta gol va 8ta golli uzatmaga mualliflik qildi.