Ronalduning o'g'li mashg'ulotda bir necha chiroyli gollarni urdi
June 8, 2018, 12:47 p.m. 13920

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya - Jazoir (3:0) o'rtoqlik o'yinidan so'ng, 7 yoshli o'g'li bilan mashg'ulot o'tkazdi.

Kenja Krishtianu kichik bo'lsa-da, otasidan qolishmasligini isbotlab, bir necha chiroyli gollarni urdi. Ayniqsa, 11 metrlik nuqtadan darvoza burchagiga aniq yo'llangan zarba hammani hayron qoldirdi.