O'zbekiston FIFA reytingida Qirg'iziston va Livandan ham pastga tushdi
June 7, 2018, 1:54 p.m. 10389

FIFA terma jamoalarning iyun oyi reytingini elon qildi.

O'zbekiston terma jamoasi o'tgan oyga nisbatan 7 pog'ona pastladi va 354 ochko bilan 95-o'ringa tushib ketdi. OFK miqyosida futbolchilarimiz 13-o'rinda bormoqda. Qizig'i shundaki, Qirg'iziston (12-o'rin) va Livan (9-o'rin) kabi terma jamoalar ham bizdan oldinga o'tib ketgan. 

OFK miqyosida reytingni Avstraliya (718 ochko) terma jamoasi boshqarib bormoqda. Undan keyingi o'rinlarni Eron (708), Janubiy Koreya (544) va Yaponiya (521) egallab turibdi. 

Dunyo reytingida peshqadamlar o'zgarmadi. Birinchi o'rinda Germaniya (1558 ochko), ikkinchi o'rinda Braziliya (1431), undan keyin Belgiya (1298) bormoqda.