Yerro - «Real»ni boshqarishga yangi nomzod
June 6, 2018, 1:12 p.m. 6678

«Real»ning sobiq himoyachisi Fernando Yerro klub bosh murabbiyi qilib tayinlanishi mumkin, deb xabar beradi Todomercadoweb.

Ayni paytda Yerro Ispaniya qirolligi futbol federaTsiyasida sport direktori bo'lib ishlayapti. Ammo, mutaxassis «Real»ni boshqarishi mumkin bo'lgan nomzodlar ro'yxatiga kiritilgan.

Avvalroq Yerro «Real»ni boshqargan Karlo Anchelotti yordamchisi bo'lib ishlagan edi. Bundan tashqari, «Real Ovedo» klubida bosh murabbiy bo'lgan.