Leroy Sane Germaniya terma jamoasining JCh-2018 uchun yakuniy qaydnomasiga kiritilmadi
June 4, 2018, 3:23 p.m. 11862

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov o'z jamoasining JCh-2018 uchun yakuniy tarkibini elon qildi.

Kengaytirilgan tarkibdan darvozabon Berndt Leno, himoyachi Jonatan Ta, shuningdek, hujumchilar Leroy Sane va Nils Petersen tushirib qoldirilgan.

Manuel Noyer jamoa sardori etib belgilandi.

Darvozabonlar: Manuel Noyer («Bavariya»), Mark-Andre ter Stegen («Barselona»), Kevin Trapp («PSJ»);

Himoyachilar: Jerom Boateng, Mats Hummels, Niklas Zyule, Yozua Kimmix (barchasi – «Bavariya»), Mattias Ginter («Borussiya» Myonxengladbax), Yonas Hektor («Kyoln»), Marvin Plattenhardt («Herta»), Antonio Ryudiger («Chelsi»);

Yarimhmoyachilar: Yulian Brandt («Bayer»), Yulian Draksler («PSJ»), Ilkay Gundo'g'an («Manchester Siti»), Sami Xedira («Yuventus»), Toni Kroos («Real»), Leon GoretTska, Sebastyan Rudi (ikkisi – «Bavariya»), Mesut O'zil («Arsenal»);

Hujumchilar: Mario Gomes («Shtutgart»), Marko Roys («Borussiya» Dortmund), Tomas Myuller («Bavariya»), Timo Verner («RB LeypTsig»).

JCh-2018 da Germaniya terma jamoasi Meksika, ShveTsiya va Janubiy Koreya bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Qizig'i, Leroy Sane o'tgan mavsumda “Manchester Siti” tarkibida 33 golda ishtirok etgan. U 14 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilib, yana 19 marotaba sheriklariga golli pasni amalga oshirgan. Kuchli beshlikda to'p suradigan biror nemis futbolchisi undan yaxshiroq ko'rsatkich qayd etmagan edi.