Ronaldoning orzular jamoasi. Unda faoliyatini tugatmagan 2 futbolchi bor
June 3, 2018, 2:04 a.m. 28974

Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo o'zining orzular jamoasini aytdi. 

Ronaldo jamoasidan Janluiji Buffon, Markos Kafu, Paolo Maldini, Fabio Kannavaro, Roberto Karlos, Andrea Pirlo, Lionel Messi, Diego Maradona, Zinedin Zidan, Pele hamda futbolchining o'zi joy oldi.

Braziliyalik futbolchi faoliyati davomida "Barselona", "Inter", "Real Madrid", "Milan" kabi klublarda o'ynagan. U professional futbolchilik faoliyatini 2011 yilda yakunlagan.