A Seriya. "LaTsio" "Inter"ga mag'lub bo'ldi, "Roma" "Sassuolo"ni engdi
May 21, 2018, 3:02 a.m. 2413

Italiya chempionati so'nggi turining oxirgi 2ta uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi. 

"LaTsio" o'z maydonida "Inter"ni qabul qilib, 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. 

Mezbonlar tarkibida Felipe Anderson 1ta gol urgan bo'lsa, yana bir gol raqib futbolchi Perishich tomonidan kiritildi. "Inter" safida D`Ambrozio, Ikardi hamda Vesino 1tadan gol urdi. 

Yana bir o'yinda "Roma" safarda "Sassuolo"ga qarshi maydonga tushib, kichik hisobda g'alaba qozondi. O'yindagi yagona golni "Sassuolo" futbolchisi Pegolo o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. 

LaTsio – Inter 2:3 (2:1, 0:2)

Gollar: 1:0 – 9, avtogol Perishich, 1:1 – 29 D`Ambrozio, 2:1 – 41 Felipe Anderson, 2:2 – 78, penalti Ikardi, 2:3 – 81 Vesino.
LaTsio – Strakosha, Luis Felipe, de Vrey (Nani, 84), Radu (Bashtush, 77), Marushich, Murdjia, Leyva, Milinkovich-Savich, Lulich, Felipe Anderson, Immobile (Lukaku, 75).
Inter – Xandanovich, Joau Kanselu, Shkrinyar, Miranda, D`Ambrozio (Ranokkiya, 81), Vesino, Brozovich, Kandreva (Eder, 61), Rafinya (Karamo, 68), Perishich, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Brozovich (13), Miranda (23), Luis Felipe (26), Lulich (34), Leyva (37), D`Ambrozio (47), Strakosha (63), Vesino (83).
Chetlatish: Lulich (79), Gabarron (90).

Sassuolo – Roma 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 45, avtogol Pegolo.
Sassuolo – Pegolo, Lemos, Acherbi, Peluzo (Letsxert, 59), Adjapong, Missiroli (Bondini, 85), Manyanelli, Dankan, Rojerio, Berardi (El-Babakar, 73), Politano.
Roma –    Skorupski, FlorenTsi (Kapradossi, 76), Manolas, Fasio, Kolarov, Pellegrini, Gonalon, Strotman, Shik (El-Shaaravi, 72), Djeko, Perotti (Jerson, 80).
Ogohlantirishlar: Fasio (35), Bondini (90).