«Real»ning 2000dan oshiq muxlisi EChL finali uchun chiptalarni qaytarib berdi
May 20, 2018, 2:35 p.m. 25891

"Real Madrid"ning 2000 mingga yaqin muxlisi "Liverpul"ga qarshi Kievda bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi finali uchun o'z chiptalarini qaytarib berishdi. Bu haqda AS xabar berdi. 

Nashr bergan malumotga ko'ra, muxlislarning chiptalarni qaytarib berishiga Ukraina poytaxtida turarjoy narxini qimmatligi, shuningdek, logistika bilan bo'lgan muammolar sabab bo'lgan. Qo'shimcha qilinishcha, Madrid klubi qaytarib berilgan chiptalarni qayta sotuvga qo'ydi. 

"Real" hamda "Liverpul" o'rtasidagi final o'yini 26 may kuni, Toshkent vaqti bilan 23:45da Kievdagi "NSK Olimpiyskiy"  stadionida bo'lib o'tadi.