Klopp "Liverpul"ning "Real"ga qarshi o'yindagi imkoniyatlari haqida gapirdi
May 20, 2018, 11:47 p.m. 11136

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Chempionlar Ligasi finalida "Real Madrid" favorit ekanidan xavotir olmayapti. 

"Ha, "Real" favorit. Ular barchasini bilishadi, chunki bu ular uchun so'nggi 5 yil ichidagi 4-finaldir. So'nggi bir necha yil ichida 3ta hukmron klub bo'lgan va biz ulardan biri bilan uchrashamiz. Menda bu borada muammo yo'q. O'zimni autsayder deb hisoblamayman. 

Rostini aytsam, bizga bu holat yoqmoqda. Biz barchasidan rozimiz. "Real" eng yuqori sifatdagi futbolni namoyish etadi. Ular 3ta finalda 3 bor g'olib bo'lishdi. Biroq biz – "Liverpul", buni unutishmiz kerak emas. 

Oxir-oqibat, final kimda ko'proq istak bo'lganini ko'rsatadi. "Real"ning tarkibi o'tgan yilgi g'alabadan so'ng deyarli o'zgarmadi. Bu juda kam uchraydigan holat. Ular buni takrorlashni istashadi, biroq biz ularni to'xtatishga harakat qilamiz. Finalda barcha narsa bo'lishi mumkin ekani yaxshi", – dedi Klopp. 

Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi final o'yini 26 may kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da bo'lib o'tadi.