O'zbekistonlik hakamlar xalqaro o'rtoqlik o'yinlarini boshqaradilar
May 17, 2018, 12:20 p.m. 1849

O'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro o'yinlarni boshqarib kelmoqdalar. May oyi oxiridagi o'yinlarda ham ularning ikki nafari ish olib boradi.

Xususan, 25 may kuni o'tkaziladigan Kuvayt – Misr o'yinida Sherzod Qosimov bosh hakamlik qiladi, unga qanotlarda Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynullin yordam beradilar.

28 may kuni esa Valentin Kovalenko hamda uning yordamchilari Ruslan Serazitdinov va Alisher Usmonov Turkiya va Eron o'rtasida bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvini boshqaradilar.

Xalqaro o'rtoqlik o'yinlari

25 may
Kuvayt – Misr

Bosh hakam: Sherzod Qosimov
Yon hakamlar: Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin

28 may
Turkiya – Eron

Bosh hakam: Valentin Kovalenko
Yon hakamlar: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov