Venger «Arsenal» 2003 yilda nega Ronalduni sotib olmaganini esladi
May 17, 2018, 5:28 p.m. 9061

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger 2003 yilda «Sporting»dan Krishtianu Ronalduni sotib olishi mumkin bo'lgani haqida esladi.

«Ronaldu bu erga onasi bilan birga kelgandi, biz uni qo'lga kiritish arafasida turgandik. Keyin «Manchester Yunayted» kurashga qo'shildi, ular «Sporting» bilan Chempionlar ligasida to'qnashgandi, o'zaro o'yinlarda Krishtianu o'zini juda yaxshi ko'rsatgandi, yakunda ular bu futbolchini sotib olishdi.

Bazi ishlar boshqacha bo'lishini istaysan. O'shanda biz Ronalduni 4,5 million funtga transfer qilish bo'yicha muzokara o'tkazayotgandik. Ammo biz Krishtianu uchun «Manchester Yunayted» taklif qilayotgani kabi 12 million funt to'lay olmasdik», — deya Vengerning so'zlarini keltirgan «Arsenal» matbuot xizmati.