Rivaldo: «Neymar «PSJ»ni tark etmasa, hech narsani qo'lga kiritolmaydi»
May 17, 2018, 12:42 p.m. 5327

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rivaldo «PSJ» hujumchisi Neymarga klubni tark etishni maslahat berdi.

«Agar «PSJ»ni tark etmasa, Neymar hech narsani qo'lga kiritolmaydi. Ayniqsa, eng muhim turnir bo'lgan Chempionlar Ligasida g'alaba qozona olmaydi.

FranTsiya chempionati saviya bo'yicha Angliya va Ispaniyadan pastdir. Neymar tarixga ega bo'lmagan klubda o'ynamoqda», — deb Rivaldo so'zlarini keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.

Avvalroq, Neymarning «Real»ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.