Odil Ahmedov Toshkentda masjid qurmoqchi
May 17, 2018, 11:35 a.m. 7754

Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari Shuhrat Turdiqulov raisligidagi fuqarolar qabuli davomida, sportning Turon yakka kurashi turi bo'yicha xalqaro turnirlar g'olibi Nargiza Vahobxo'jaeva, O'zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov va boshqa qator sportchilar Toshkent shahrida masjid qurish istagi borligini malum qilishdi, deb xabar beradi uz24.uz.

Sh.Turdiqulov sportchilarning tashabbusini qo'llab-quvvatladi va Sergeli tumanida aholi ko'payib borayotgani va u erda tashkil etilayotgan yangi mahallalarda masjidga ehtiyoj borligini aytdi. 

Muloqot davomida N.Vahobxo'jaeva boshchiligidagi sportchilarning poytaxtdagi «Islom ota», «Xo'ja Alambardor», «Shayx Zayniddin» kabi jome masjidlari tozaligi va obodligiga hissa qo'shib kelayotgani malum bo'ldi. Shuningdek, ular Haj ziyoratiga ketayotgan yurtdoshlarimizga ham ko'maklashib kelayotgan ekan.